馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Optika sohasida yetuk olim Saidislom Qurbonov olamdan o始tdi


O始zR F袗 Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti Nanotarkibiy materiallarda optik va elektron jarayonlar laboratoriyasi mudiri, optika sohasida yetuk olim, professor Saidislom Saidg始oziyevich Qurbonovning  vafoti munosabati bilan marhumning oila a始zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Saidislom Qurbanov 1956-yil Toshkent shahrida tug始ilgan. 1978-yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1980-yildan O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Issiqlik fizikasi bo始limida o始z ilmiy faoliyatini boshlagan. 2000-yili “Optik shisha va kristallarda elektron uyg始otishlar va lyuminestsentsiya” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2016-2017-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti kafedra mudiri, 2017-yilda Nanotarkibiy materiallarda optik va elektron jarayonlar laboratoriyasi mudiri lavozimida ishlab kelgan.

42 yillik ilmiy faoliyati davomida

- rux oksidi asosli nanostrukturali materialar sintez qilish va gibrid geterostrukturalar yaratish; nanomateriallarning strukturaviy, optik va elektr xossalarini tadqiq qilish;

- nanokristallar, nanorodlar va yupqa plyonkalar, foton kristallarining lazer lyuminestsent spektroskopiyasi;

- nanostrukturali materialarda nochiziqli hodisalar va defektlar hosil qilish;

- kremniy karbidida va rux oksidida sirt elektron hodisalari;

- nanozarralar, plyonkalar va suyuq strukturalar elektron mikroskopiyasi ilmiy yo始nalishlarida tadqiqotlarni amalga oshirdi.

S.S.Qurbonov fan va ta始limni uyg始unlashtirish borasida O始zbekiston Milliy universiteti talabalariga “Fotonika” fanidan ma始ruza va amaliy mashg始ulotlarni olib borgan, talabalarning malakaviy bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, 1 nafar PhD va 1 nafar DcS doktorlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan.

S.S.Qurbonov tomonidan 80 dan ortiq ilmiy ishlar e始lon qilingan, jumladan, Web of Science va Scopus xalqaro ba始zalarida indeksatsiyalanadigan xorijiy ilmiy jurnallarida 50 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Shuningdek, 2000-2012 yillar davomida Janubiy Korea, 袗QSh, Yaponiya, Hindiston, Moldava va Gruziya kabi davlatlarda xalqaro anjumanlar va ilmiy stajirovkalarda muntazam qatnashib kelgan.

O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan Saidislom Qurbonovning oila a始zolari, yaqinlari, hamkasblari va shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!