O'zR FA Mikrobiologiya institutida onlayn rejimida navbatdagi ilmiy seminar bo'lib o'tdi. Molekulyar biologiya laboratoriyasi rahbari I.M.Xalilov "Genomni redaktsiya qilishning zamonaviy texnologiyalari" bo'yicha ilmiy ma'ruzani taqdim etdi, genetik muhandislik sohasidagi zamonaviy texnologiyalar – zinc fingers, TALEN, i CRISPR-Cas haqida ma'lumot berdi. Onlayn seminarda Institut xodimlari, boshqa ta'lim va ilmiy muassasalardan, Marburg universiteti (Germaniya), Qarshi davlat universitetidan yetakchi olimlar, yosh tadqiqotchilar faol ishtirok etishdi. Tinglovchilar tomonidan ko'plab savollar berildi va javoblar olindi. Ushbu texnologiyalarni Institutning Molekulyar mikrobiologiya laboratoriyasida joriy etish rejalashtirilmoqda.