Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

OLMAOTA SHAHRIDA BM@N XALQARO KOLLABORATSIYASINING 12-CHI YIG’ILISHI BO‘IB O‘TMOQDA


  

 

 

  

 

 

 

Bugun Qozog‘istonning Olmaota shahrida Rossiyaning Dubna shahridagi Birlashgan Yadro Tadqiqotlari instituti Olmaota shahridagi Satbayev universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilingan yirik “NICA-Nuklotron” tezlatgich majmuasidagi BM@N (Nuklotrondagi Barion Materiyasi) eksperimentining 12-chi xalqaro kollaboratsiya yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti direktori, f.-m.f.d., professor Husniddin Olimov BM@N xalqaro kollaboratsiyasining o‘zbekistonlik fiziklar guruhi rahbari hamda BM@N eksperimentining Institutlar Kengashi a‘zosi sifatida ishtirok etmoqda. BM@N eksperimenti xalqaro kollaboratsiyasi yig‘ilishning asosiy mavzusi yadroviy to‘qnashuvlarda hosil bo‘lgan g‘alati zarrachalarni qayd qilish va o‘lchash hamda BM@N tajribasida ksenon (Xe) yadrolarining nishon tseziy (Cs) yadrolari bilan to‘qnashuvlari bo‘yicha to‘plangan eksperimental ma’lumotlarning tahlil natijalarini muhokama qilishdan iborat. Shuningdek, kollaboratsiya yig‘ilishida yuqori energiyali argon yadrolarining nishon yadrolari bilan to‘qnashuvlari bo‘yicha ilgari to‘plangan eksperimental ma’lumotlarning fizikaviy tahlili ko‘rib chiqiladi. BM@N xalqaro kollaboratsiyasining tashkiliy masalalari alohida boʻlib oʻtadigan Institutlar Kengashi yigʻilishida muhokama qilinadi. BM@N eksperimentining 12-chi xalqaro kollaboratsiya yig‘ilishi Olmaota shahridagi Satbayev universitetida joriy yilning 17-maygacha davom etadi.

Xusniddin Olimov rahbarligidagi Fizika-texnika institutining Yuqori energiyalar fizikasi sohasidagi guruhi 2023-yilning sentabr oyida nufuzli BM@N xalqaro kollaboratsiyasining to‘laqonli a’zoligiga qabul qilingan edi (http://www.jinr.ru/posts/itogi-rabochego-soveshhaniya-eksperimenta-bm-n-na-nica/). BM@N kollaboratsiyasiga a’zo bo‘lgan O‘zR FA Fizika-texnika instituti ilmiy guruhiga shuningdek O‘zR FA Yadro fizika institutidan ilmiy maslahatchi sifatida Yuqori energiyalar fizikasi sohasidagi taniqli olim, akademik Behzod Yuldashev kiritilganlar. BM@N (Nuklotrondagi Barion Materiyasi) Rossiyaning Birlashgan Yadro Tadqiqotlari Institutining yirik “NICA-Nuklotron” tezlatgich majmuasida boshlangan ilk eksperiment (https://bmn.jinr.ru/) hisoblanadi. BM@N eksperimentining asosiy maqsadi tezlatilgan relyativistik og‘ir yadrolarning nishon yadrolari bilan to’qnashuvlarida hosil bo‘lgan zich barion materiyaning xossalarini o‘rganish. Bunday zich barion materiya xossalari bo‘yicha neytron yulduzlaridagi zich materiyaga yaqindir. BM@N xalqaro kollaboratsiyasiga jahonning 5ta davlatini 13ta ilmiy tashkilot hamda universistetlari (jami 250ga yaqin olimlar) a’zodirlar (https://bmn.jinr.ru/institutions/ ).

O‘zbekistonlik olimlarning bunday nufuzli va yirik xalqaro eksperimentlarda ishtirok etishlari jahonda O‘zbekiston fani nufuzini yanada ko‘tarilishiga hamda o‘zbekistonlik yosh olimlar va doktorantlarning o‘z tadqiqot sohalarida ilg‘or zamonaviy bilim, ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishlariga imkon beradi.

 

Объединенный институт ядерных исследований (https://www.jinr.ru/posts/itogi-rabochego-soveshhaniya-eksperimenta-bm-n-na-nica/)

Итоги рабочего совещания эксперимента BM@N на NICA


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!