Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Olimlar uchun qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi omil


Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 1030-sonli qarorining mazmuni va mohiyati muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishida mamlakatimizda so‘nggi yillarda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga katta e’tibor qaratilayotganligi qayd etildi. Muhtaram yurtboshimizning tashabbusi bilan ilm-fan va ta’lim sohalarida faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlarining oylik maoshi sezilarli darajada oshirildi. Bu esa, o‘z navbatida, ilmiy izlanishlar olib borilayotgan sohalarning yanada rivojlanishiga jiddiy turtki bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan qaror olimlarga o‘z ustida doimiy ravishda ishlashlari hamda yangi ilmiy izlanishlarda faol bo‘lishlarida qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!