Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Olima ayollarimiz izlanishlari doim eʼtirofda


Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi tomonidan “Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni”ga bagʻishlangan iqtidorli olima ayollarning qishloq xoʻjaligi sohasida erishgan yutuqlarini eʼtirof etish maqsadida “Oltin kuz -2022” koʻrik tanlovi oʻtkazildi.

   

 

 

Koʻrik tanlovda Oʻzbekiston  Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti “Entomofaglar ekologiyasi va biousullarning nazariy asoslari” laboratoriyasi mudiri Axmedova Zuxra Yuldashevna tomonidan yangi ixtiro qilingan “Koʻsak qurtiga qarshi kurashishda “HAVIR” biologik preparati” nomli ishlanmasi gʻolib deb eʼtirof etildi hamda “Oltin kuz medali” va diplomi bilan taqdirlandi. Fanlar akademiyasi olima ayollari mehnati doimo eʼtirof etib kelinmoqda. Ayolning jamiyat, oila va ilm -fanda mehnat qilib natijalarga erishishi jasorat aslida. Zuhra Axmedovaga ham yana bir yutuq muborak boʻlsin! Ilm yoʻlidagi izlanishlarida tolmay mehnat qilishlariga tilakdoshmiz!

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!