馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Noyob tabiat hodisasi


Bugun nodir tabiat hodisasi kuzatiladi. Bu galgi to始linoy Oyning Yerga nisbatan juda yaqin bo始lgan paytida sodir bo始ladi. Bu hodisaga havaskor astronomlar “Superoy” deb nom berishgan, chunki yaqinroq bo始lgani sabab Oy kattaroq ko始rinadi.

Gap shundaki, Oy Yer orasidagi o始rtacha masofa 384 ming km ni tashkil qiladi. Oy Yer atrofida ellips bo始ylab harakatlanadi va 1 yilda 12-13 marta Yerga yaqinlashib-uzoqlashadi. Eng qisqa masofa perigey deb nomlanadi va u 356 ming km ni, eng katta masofa esa apogey deyiladi va u 406 ming km ni tashkil qiladi. Har gal perigey paytida masofa har xil bo始lib, bu safargi yaqinlashish 13-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 14:06 ga to始g始ri keladi va u 357 264 kmni tashkil qiladi. Bu 2022-yildagi eng qisqa masofadir. 袗ytish lozim, bu paytda Oy bizning mintaqa uchun gorizontdan pastda bo始ladi va u ko始rinmaydi.

Shundan 9 soatu 32 daqiqa o始tgandan keyin esa Oy to始linoy fazasiga kiradi - uning 100 foiz sirti Quyosh nuri bilan yoritiladi. Masofa nisbatan qisqa bo始lgani uchun Oyning gardishi boshqa to始linoylarga nisbatan katta roq bo始ladi.

Bugun Oy kechki payt 20:07 da chiqadi va ertalab 3:51 gacha osmonda bo始ladi. Tabiiyki, o始zining eng to始liq fazasi - 23:38 da osmonda ancha balandda bo始ladi va uni bemalol kuzatish mumkin.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!