馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Nodir metallar, aqlli materiallar va barqaror texnologiyalar sohasida strategik ilmiy-texnik hamkorlik


2025-yil 29-may kuni O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Materialshunoslik instituti hamda Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) tarkibidagi Koreya Milliy nodir metallar instituti (KORAM) o始rtasida anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo始lib o始tdi. Ushbu hujjat nodir metallar, aqlli materiallar va barqaror texnologiyalar sohasida strategik ilmiy-texnik hamkorlik asoslarini belgilab beradi.

Tomonlar amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, bilimlar transferi va qo始shma ishlanmalarni yo始lga qo始yish borasida o始zaro qiziqishini tasdiqladilar. 袗yniqsa, O始zbekistonda Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil texnologiyalar vodiysi – barqaror texnologiyalar va aqlli materiallar bo始yicha xalqaro ilmiy xab” tashabbusini qo始llab-quvvatlashga alohida e始tibor qaratilmoqda. Bu tashabbus KORAMning global strategiyasiga to始liq mos keladi.
Memorandum quyidagi yo始nalishlarda hamkorlikni nazarda tutadi:
•    kamyob metallar, aqlli materiallar va ekologik toza texnologiyalar bo始yicha qo始shma ilmiy tadqiqotlar o始tkazish;
•    ekspertlar, olimlar va muhandis-texnik mutaxassislar almashinuvi;
•    qo始shma konferentsiyalar, seminarlar va ilmiy maktablar tashkil etish;
•    laboratoriya infratuzilmasi, ma始lumotlar va ilmiy nashrlardan birgalikda foydalanish;
•    ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish strategiyalarini ishlab chiqish;
•    ta始lim va stajirovka dasturlarini amalga oshirish.
Hujjatda intellektual mulkka hammualliflik, moliyalashtirish mexanizmlari va qo始shma loyihalar samaradorligini baholash bo始yicha tamoyillar belgilangan. Memorandumning amal qilish muddati — uch yil bo始lib, o始zaro kelishuv asosida uzaytirilishi mumkin.
Ushbu kelishuvning imzolanishi O始zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o始rtasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash yo始lidagi muhim qadam bo始lib, materialshunoslik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va texnologik yutuqlarga yo始l ochadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!