Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Nobel mukofoti laureati Materialshunoslik institutiga tashrif buyurdi


Joriy yilning 7-noyabr kuni kvazikristallarni ochganligi uchun 2011-yilda kimyo yo‘nalishida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan professor Dan Shixtman O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutiga tashrif buyurdi.

Dan Shixtman tashrif doirasida O’zR FA Materialshunoslik va Fizika-texnika instituti olimlari bilan uchrashdi hamda “Katta Quyosh sandoni” noyob ilmiy obyekti bilan yaqindan tanishdi.

 

Uchrashuv chog‘ida professor Dan Shixtman “Katta Quyosh sandoni ilmiy obyekti va undan foydalangan holda yaratilgan texnologiyalar va yangi materiallar menda katta taassurot qoldirdi va bunday noyob ilmiy dargohda mehnat qilayotgan olimlarga ayniqsa, yosh tadqiqotchilarga havas bilan qarayman. Oldingizda hali yechimini kutayotgan ko‘plab ilmiy masalalar, insoniyat rivojiga hissa qo‘shadigan ishlanmalar ustida ish olib borayotganingizdan xursandman”, — deb fikr bildirdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!