Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Nizomiy Aruziy Samarqandiy qalamiga mansub "Majma’u-n-navodir" asari nashr etildi


“FAN” nashriyoti tomonidan Nizomiy Aruziy Samarqandiy qalamiga mansub "Majma’u-n-navodir" asari nashr etildi. Asarni O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi direktori o‘rinbosari, f.f.d. O.Jo‘raboyev nashrga tayyorlagan (fors-dariy tilidan akademik A.Qayumov tarjimasi).

Ushbu asar dunyo sharqshunoslari e’tirofiga sazovor bo‘lgan. XII asrga oid fors-dariy tilida yozilgan ushbu asar tarix, adabiyotshunoslik, astrologiya, tibbiyot va siyosatshunoslik kabi bir qancha fanlar haqida qiziqarli faktlarni qamrab qolgan. Unda 24 ta hikoya turli mavzularga ko‘ra berilgan. Asarni olib o‘qib ko‘rishingizni tavsiya qilamiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!