Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Neptun sayyorasining tabiiy yo'ldoshi Triton - yulduzlardan birini to'sib o'tdi


Neptun sayyorasining tabiiy yo'ldoshi Triton - yulduzlardan birini to'sib o'tdi va Maydanak observatoriyasi teleskoplarida bu hodisaning kuzatuvlari o'tkazildi.

Gap shunda-ki, Triton 6-oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan 19:40 da yulduzlardan birini to'sib o'tdi. To'silish Yevroosiyo materigining katta qismida proyeksiyalangan bo'lsada, kun va tunning almashish vaqtidagi farq va ob-havo sharoitlari tufayli, hodisani teleskoplar orqali kuzatish faqatgina Osiyoning ayrim qismlaridagina mumkin bo'ldi.

Hodisani kuzatish va bu bilan bog'liq tadqiqotlar o'tkazish uchun xalqaro astronom olimlar guruhi shakllantirildi. Kuzatuvlar dunyoning bir qancha davlatlari (Yaponiya, Koreya, Xitoy, Rossiya, O'zbekiston, Tojikiston, Hindiston va Tailand) hududidagi 20 ta astronomik markazlardan turib kuzatilishi rejalashtrilgan edi.

Maydanak Observatoriyasida Quyosh botishi bilan, biz teleskoplarni Triton tomon yo'naltirdik. Astronomik hodisa Toshkent vaqti bilan 19:40:52 - soniyada boshlandi va Maydanak joylashgan geografik kenglikda 1 daqiqa 40 soniya davom etdi.

Kuzatuvlar dunyodagi 5 ta astronomik markazlarda muvaffaqiyatli amalga oshirildi:

O'zbekistonda - Maydanak observatoriyasi;

Xitoyda - Weihai Observatoriyasi va Huiyang ma'muriy hududida;

Tayvanda - Lulin Observatoriyasida;

Rossiyada - MASTER-Amur teleskopida.

Rejalangan boshqa ko'pchilik hududlarning ayrimlarida ob-havo sharoitlari kuzatuvga imkon bermagan bo'lsa, ayrim hududlarda esa to'silishning faqat yarim-soyasi qayd etildi. Hozirda Tadqiqot natijalari umumlashtirilmoqda va o'lchovlardan Tritonning shakli, fizik parametrlari va atmosferasi bilan bog'liq bir qator savollarga javob topilishi kutilmoqda.

 

Kamoliddin Ergashev, Astronomiya instituti ilmiy xodimi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!