Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"Neft shlamlarni utilizasiya qilish usuli" nomli monografiya nashr etildi


O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo  instituti tomonidan "Neft shlamlarni utilizasiya qilish usuli" nomli monografiya nashr etildi.

Monografiyada neft shlamidan qurilish bitumini olish, neft shlamining fizik-kimyoviy xossalari, turli sohalarda mexanik aralashmalarning qattiq zarrachalarini koagulyatsiya va cho‘ktirishning asosiy gidrodinamik qonuniyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan.

Monografiyada neft shlami komponentlari tarkibining chegaraviy qiymatlari, ya'ni, mexanik aralashmalar, suv, yengil va og'ir neft mahsulotlari, shuningdek, suspenziyalarni ajratish jarayonlari va apparatlarini hisoblash hamda loyihalash usullari ko'rib chiqilgan.

Ushbu monografiyadan loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, neftni qayta ishlash, neft-kimyo, kimyo va turdosh sanoat korxonalarining muhandis-texnik xodimlari, shuningdek, oliy texnika o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari va talabalari foydalanishlari mumkin.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!