O’z R FA Umumiy va noorganik kimyo instituti “Kimyoviy texnologiya, gazni qayta ishlash va SFM” laboratoriyasi xodimlari tomonidan “Методы нейтрализации серы, переработка сероводорода и сернистых соединений” nomli monografiyasi chop etildi.
Ushbu kitob magistrantlar, doktorantlar, universitet professorlari, tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari, kimyo muhandislari hamda gaz va neft xomashyosini olish va qayta ishlash texnologiyasi, atrof-muhitni muhofaza qilish bilan shug'ullanadigan kimyo, gaz va neft-kimyo sanoati mutaxassislariga mo'ljallangan.
Kitobda tabiiy gaz va neft tarkibidagi vodorod sulfidi va oltingugurt birikmalarining fizik -kimyoviy xossalari va qayta ishlash usullari keltirilgan. Asosiy e‘tibor vodorod sulfidi, oltingugurtli tabiiy gazlar va uglevodorod kondensatlarini elementar oltingugurt va uning birikmalari ishlab chiqarish bilan tozalash va neytrallash jarayonlariga qaratiladi. Bu jarayonlarda katalizatorlar, oksidlovchilar, erituvchilar va ko'piklatgichlardan foydalanishning turli variantlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, kitobda sanoat suvlarini ionitlar yordamida tuzlardan tozalash usullari va olingan natijalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.