19-mart kuni O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti "Navro‘z-xalq qadriyatlari ko‘zgusi" mavzusidagi adabiy-ma’rifiy davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda navro‘z, xalq qadriyatlari, shuningdek, ko‘klam faslida dunyoga kelgan ulug‘ vatandoshlarimiz Abduxoliq G‘ijduvoniy, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alixon to‘ra Sog‘uniy, Hoji Muin, Zulfiya, Ozod Sharafiddinov, Shukur Xolmirzayev, Abdulla Oripovlarning ilmiy, adabiy merosi haqida bahs yuritildi.
Shuningdek, baxshilar tomonidan xalq dostonlaridan namunalar kuylandi.