G始iyosiddin Xondamirning «Makorim ul-axloq» («Olijanob xulqlar») asari buyuk o始zbek shoiri va mutafakkiri, davlat va jamoat arbobi 袗lisher Navoiyning hayoti hamda adabiy, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyati to始g始risidagi qimmatli manba hisoblanadi. «Makorim ul-axloq» asarining ilmiy-izohli to始liq tarjimasi mustaqillik davrida asarning turli nusxalarini o始zaro solishtirish asosida O始zR F袗 Sharqshunoslik instituti tomonidan ilk bora amalga oshirildi.

Tarjimaning tadqiqot qismida Xondamirning hayoti va ijodi, asarning qo始lyozma nusxalari va uning nashri to始g始risida batafsil ma始lumotlar berilgan.
Xondamirning ushbu asari 袗lisher Navoiyning sermahsul adabiy va ilmiy faoliyati bilan birgalikda, uning mamlakat siyosiy barqarorligi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san始atning taraqqiyotiga qo始shgan ulkan hissasi to始g始risida hikoya qiladi. Shuningdek, «Makorim ul-axloq» ulug始 o始zbek shoiri 袗lisher Navoiyning go始zal xulqlari va yuksak insoniy fazilatlari to始g始risidagi ma始lumotlar bilan bezatilgan biografik asardir. Unda shoirning tug始ilishidan vafotiga qadar bo始lgan sermazmun hayoti go始zal uslubda bayon etilgan.
Qisqacha qilib aytganda, «Makorim ul-axloq» buyuk shoir va olim Navoiyning yirik davlat va jamoat arbobi hamda ilm-fan va madaniyat homiysi sifatidagi shaxsiyatini bor bo始yi bilan ko始rsatib beradigan muhim manbadir. Xondamir o始zining debocha, muqaddima, o始n maqsad (bob), xotima hamda Navoiyning qanday vafot etganligi to始g始risidagi bobdan iborat bo始lgan ushbu asarida asosiy diqqat-e始tiborni uning donishmandligi va yuksak zakovati, olimlik, shoirlik va yozuvchilik borasidagi iste始dodlari hamda rahmdillik, saxiylik va xokisorlik kabi go始zal xulqlari va olijanob xislatlariga qaratish bilan birgalikda, ushbu buyuk shaxs hayotida uning bolalik chog始laridan tortib umrining oxirigacha bo始lgan davrda yuz bergan muhim voqealarni ham imkoni boricha qamrab olishga harakat qilgan.