So始z mulkining sultoni, mutafakkir Mir 袗lisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag始ishlangan "Muhokamatu-l-lug始atayn". Ilmiy-tanqidiy matn" kitobi "Fan" nashriyoti tomonidan 500 nusxada nashr etildi. Kitob O始zR F袗 袗lisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi Yusuf Tursunov tomonidan nashrga tayyorlandi. Mas始ul muharrir f.f.n. Otabek Jo始raboyev.

Mazkur kitob 袗lisher Navoiyning ikki til muhokamasiga atalgan ilmiy-badiiy asari – "Muhokamatu-l-lug始atayn"ning manbashunoslik va matnshunoslik tadqiqiga bag始ishlangan. U avvalgi nashrlardan o始z ilmiy qimmati bilan ajralib turadi. Birinchidan - asliyat (arab yozuvi)dagi ilmiy-tanqidiy matn, ikkinchidan - qo始lyozmalar aro qiyosiy tadqiq, uchinchidan - tuzatilgan kiritmalar, jadvallar, 100 turkiy fe始lning jadvali, to始rtinchidan - joriy yozuvga tabdil va zamonaviy o始zbek tiliga o始girma, beshinchidan - asarning eng nodir qo始lyozmasi foto-faksimilesi.

Kitob Navoiy ijodiyoti tadqiqotlari, matnshunos va umuman keng kitobxonlarga mo始ljallangan.