Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag'ishlangan ilmiy anjuman tashkil qilindi


2021-yil 5-fevral kuni O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi va Respublika Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy anjuman tashkil qilindi.


Anjumanni FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori N.Mahmudov kirish so‘zi bilan ochar ekan, Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, o‘zbek adabiyotshunosligi va tilshunosligida tutgan o‘rni, haqida qisqacha gapirib o‘tdi.
Shundan so‘ng O‘zR FA vitse-prezidenti B.Abduhalimov va O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari N.Jonuzoqlar so‘zga chiqib, anjuman ishiga muvafaqqiyat tiladi.
Anjumanda navoiyshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar, taniqli shoir va yozuvchilar ishtirok etdi.


Anjuman kun tartibida ma’ruzalar mavzulari rang-barang bo‘lib, ularda navoiyshunoslikdagi yangi qarashlar, Navoiy asarlarini adabiyotshunoslik va tilshunoslik nuqtai nazaridan ilmiy tadqiq etish, Navoiyning tarjimashunoslikka qo‘shgan ulkan hissasi va boshqa masalalar muhokama qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!