Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Navbahorda paxtachilik bo‘yicha ilmiy seminar-trening bo‘lib o‘tdi


Navoiy viloyati Navbahor tumanida paxtachilik bo‘yicha ilmiy seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akmaljon Maxmudaliyev, Paxtachilik kengashi qoshidagi Navoiy viloyati Navbahor tumaniga biriktirilgan ishchi guruh a'zolari, «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ vakillari, tumandagi qishloq xo‘jaligiga oid tashkilot va muassasalar, paxtachilik klasterlar rahbarlari va fermerlar hamda FA Navoiy bo‘limi olimlari ishtirok etdilar.

Seminar-treningda FA Navoiy bo‘limi “Kimyo texnologiyasi, nanotexnologiyalar va qishloq xo‘jaligi” bo‘limi mudiri Shahnoza Qodirova Bo‘liming paxtachilik sohasida muayyan ishlar olib borilayotganini ta'kidlab, bentonit qo‘llaniladigan ikkita innovatsion ishlanma to‘g‘risida ma'lumot berib o‘tdi. Bular - chigitni bentonit gili kukuni bilan qobiqlash ekish hamda g‘o‘zani bargidan o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda bentonit gillarining 2 %lik suspenziyasidan foydalanish usullaridir. Bentonitning sorbsion xossalari, ya'ni namlikni o‘ziga singdirish va ushlab turish qobiliyati urug‘larning stresssiz unib chiqishini va ularning barqaror o‘sishini ta'minlaydi, o‘simliklarning suvga bo‘lgan ehtiyojini qoplaydi.

Bundan tashqari, shu kuni Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov joriy yilning aprel oyida FA Navoiy bo‘limi tomonidan Bolgariya Respublikasining “Paulownia BG” MChJ bilan hamkorlikda Nurota tumanida bir gektar maydonda tashkil etilgan pavlovniya plantasiyasiga tashrif buyurib, bajarilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!