O始zR F袗 Seysmologiya instituti xodimlari tomonidan Rossiya Fanlar akademiyasi O.Yu.Shmidt nomidagi Yer fizikasi instituti (Paleoseysmologiya laboratoriyasi mudiri, professor 袗.M.Korjenkov), O始zR F袗 Milliy arxeologiya markazi (professor 袗.袗.袗narbayev)lar hamkorligida Namangan viloyatining Pop va To始rako始rg始on tumanlarida arxeoseysmologik tadqiqotlar o始tkazildi.


袗rxeoseysmologik tadqiqotlar Pop tumanining 6-ta obyektida: Baland-Tepa va Qirqxujra va Yangi 袗xsikent uchastkasidagi 4-ta obyektlar (Xamom, Minora, Muhammad payg始ambarning jiyani ko始milgan mozor, Hazrati 袗bdullo qabristoni) arxeologik yodgorliklar hududlarida o始tkazildi.
2019-2022-yillarda arxeologlar professor 袗.袗.袗narbayev rahbarligida Baland-Tepa va Qirqhujra arxeologik yodgorliklarida tozalash ishlari va yangi qazilmalar o始tkazish tadbirlari davomida kuchli paleo-zilzilalar va eramizda bo始lib o始tgan zilzilalar ta始sirida paydo bo始lgan turli xil qoldiq deformatsiyalar topildi.
To始raqo始rg始on tumanida yangi qazilmalar va tozalash ishlari 袗xsikent shahrining Shahriston qal始asida arxeoseysmologik kuzatuvlar davom ettirildi. Qazilmalar va tozalash ishlari qadimgi 袗xsikent hududida davom ettirilmoqda. 1620-yil magnitudasi M=6.0, seysmik intensivligi I=8-9 ball bo始lgan 袗xsikentdagi kuchli zilzila o始chog始i yer yuziga chiqqanligi seysmik voqeani qanday kuchli va dahshatli bo始lganligini ko始rsatgani aniqlandi.
Yig始ilgan arxeoseysmologik ma始lumotlar asosida bir necha ilmiy maqolalar nufuzli chet el nashrlarida chop etish mo始ljallanmoqda.