馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Namanganda yirik Xalqaro Forum o始z ishini boshladi


Namangan shahrida O始zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va o始rta maxsus ta始lim vazirligi, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan davlat universiteti hamkorlikda “Farg始ona vodiysida fizika ilm-fanining bugungi kuni va yangi yo始nalishlarini rivojlantirish istiqbollari” muhokamasiga bag始ishlangan “Fizika - 2022” ikkinchi Xalqaro Forumi o始z ishini boshladi.

 

Ushbu forumda respublikamiz hamda xorijiy davlatlarning akademiklar, professorlar, fizika fani bo始yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan 200 dan ortiq ilm-fan namoyondalari ishtirok etishmoqda.

Forum doirasidagi asosiy tadbirlarda “Farg始ona vodiysida fizika ilm fanining bugungi kuni va yangi yo始nalishlarini rivojlantirish istiqbollari” faol muhokama qilinib, olib borilayotgan ilmiy tadqiqod ishlarining samaralari, taklif etilayotgan loyihalarning mazmun-moxiyatiga ilm-fan vakillarining e始tiborini qaratish orqali mavjud muammolarga ilmiy tomondan yechim topish maqsad qilingan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!