馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Muzokaralarning ikkinchi bosqichi


袗vval xabar berganimizdek, Joriy yilning iyul褜 oyida O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limi raisi 袗bdurazak Mirzaev Xitoy Xalq Respublikasi xalqaro forumida ishtirok etib, ishbilarmon doirlari vakillari bilan bir qancha ikki va uch tomonlama muzokaralar o始tkazgan edi. Ushbu kunlarda Xitoyning “Foydali qazilmalarni qidirish bo始yicha “OYaS袗” Sinzyan褜 kompaniyasi” direktori Renxu Vang o始zining o始rinbosari Djanlin Gao bilan birgalikda javob tashrifi bilan Navoiy shahrida keldilar.
21 avgust kuni Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limida “Navoiy” Erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasi direktori Xabib 袗bdullaev, Navoiy viloyati hokimimning investitsiya va innovatsiyalar bo始yicha maslahatchisi Nazirjon Jo始raev, Navoiy bo始limi ilmiy kotibi Quvondiq Nurboev hamda yuqorida ko始rsatib o始tilgan xitoylik tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati bo始lib o始tdi.


Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan mehmonlarning ta始kidlashicha, xitoylik ishbilarmonlar bizning mamlakatimiz rahbariyati tomonidan biznes yuritish va biznes ishini ochishdagi korrupsiyani yo始qotish va bu sohadagi byurokratiyani kamaytirish borasida olib borilayotgan islohotlarni qo始llab-quvvatlaydi va bu o始z navbatida xorijiy investorlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi.
Xususan, uchrashuvdan mas始uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Oyasa-Qizilqum” O始zbek-Xitoy qo始shma korxonasini tashkil qilishning istiqbollari to始g始risida gapirildi. Mazkur korxonaning asosiy vazifalaridan biri xozirgacha ma始lum bo始lgan zahiralari tasdiqlanmagan va davlat reestriga kirmagan foydali qazilmalar joylashgan hudud to始g始risidagi ma始lumotlarni to始plash, shu jumladan geologiya qidiruv ishlarni o始tkazish keyinchalik tegishli litsenziyani olish orqali qazish ishlarini tashkil qilish hamda yangi istiqbolli ma始dan ko始rinishlarini izlash maqsadida geologiya qidiruv ishlarini o始tkazish.


Ushbu qo始shma korxona Xitoy Xalq Respublikasida bo始lib o始tgan anjumanda kelishilganidek ikki mamlakat olimlari va ishbilarmonlarini birlashtirishning istiqbolli mexanizmini hayotgan tadbiq etish maqsadida shakllantiriladigan Xitoydan keladigan investitsiya patoklarini muvofiqlashtiruvchi O始zbek-Xitoy informatsion-analitik markazning asosiy o始zagi hisoblanadi. Bu holatda o始zbek tomonidan Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limi ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy jihatdan asoslanmagan loyihalarni tanlab oladi va Xitoyliklarga taklif qiladi, Xitoy tomonidan esa “OYaS袗” kompaniyasi bu materiallar bo始yicha o始z tillarida patentsial investorlarga taqdimot qilib beradilar. Bu yerda yana bir boshqa sxema ham ish berishi mumkin ya始ni O始zbekistonda o始z ishini boshlamoqchi bo始lgan Xitoylik ishbilarmon uchun qaysi sohada bo始lishidan qat始iy nazar uning qiziqishi va mavjud kapitaliga mos keladigan loyihani tanlab berish, shu jumladan qishloq xo始jaligida va turli ishlab chiqarishi sohalarida.
Muzokaralar jarayonida ishtirokchilar yaqin oylarda qo始shma karxona tashkil qilishi bo始yicha kelishuvga erishdilar. Faqat avval ikkala tomonninig qiziqishlari va himoya qilish uchun yana manfaatlar kesishgan nuqtalarni izlab topish zarurligi to始g始risidagi fikrga kelindi, har ikkala tomon ham ijobiy va qat始iy pozitsiyaga hohish bildirishdi.
Bundan tashqari Xitoylik do始stlarning tashrifi dasturiga Navoiy erkin iqtisodiy zonasiga va dunyodagi eng katta oltin ma始danli “Muruntau” kareriga borish kiritilgan.
Fevzi Istablaev,
Navoiy bo始limi matbuot kotibi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!