馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Muzey va oliy ta鈥檒im muassasalari hamkorligi


O`zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi «Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to始g始risida»gi PQ-4680-sonli qarorining “2020 – 2023 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini kompleks rivojlantirish” dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta始minlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetinining “Xorijiy mamlakatlar tarixi”, “Sharq filologiyasi va tarjimonshunoslik”, “Sharq sivilizatsiyasi va tarix” va “Yaponshunoslik” fakultetlari 2-3 kurs talabalarining amaliyoti boshlandi.

Shu munosabat bilan Muzeyda talabalar bilan tanishuv yig始ilishi bo始lib o始tdi. Yig始ilishda talabalarga Muzeyning qurilish tarixi, faoliyatining asosiy mohiyati, “Fond va arxiv”, “Ma始naviyat va ma始rifat”, “Ekspozitsiya va ko始rgazmalarni ilmiy loyihalash va badiiy bezash”, “Ekskursiyalar” kabi bo始limlarining asosiy vazifalari va Muzeyining jamiyatdagi o始rni haqida ma始ruza qilindi. O始tkazilayotgan ushbu amaliyot orqali universitet talabalari uchun tarmoqqa oid yangiliklarni, sohani rivojlantirish istiqbollarini tushuntirib berish hamda ta始lim mazmunini takomillashtirish, ta始lim-fan itegratsiyasi, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish ko始zda tutilgan. Talabalar Muzey fondi va kutubxonalaridan erkin foydalanishlari uchun zarur sharoitlar yaratildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!