Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!


Mustaqillik – ulugʻ neʼmat! Xalqimizning azaliy orzusi boʻlgan mustaqillik tufayli oʻz erkimizga, eʼtiqodimizga, oʻzimizning mustahkam taraqqiyot yoʻlimizga ega boʻldik. Mustaqilligimizning oʻtgan 27 yilida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarini qamrab olgan keng koʻlamli islohotlar davri boʻldi, jannatmakon yurtimiz Oʻzbekiston dunyodagi eng bunyodkor davlatlardan biriga aylandi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bizning qoʻlga kiritayotgan yutuqlarimiz, xalqimizning hayot darajasi va sifati tobora yuksalib, yurtimiz qiyofasi, shahar va qishloqlarimiz yanada obod maskanga aylanib borayotgani mustaqillik sharofatidir.

Shu oʻrinda, Oʻzbekistonimizning gullab-yashnashida munosib hissa qoʻshib kelayotgan xalqimizga eng aziz, eng qadrli va eng ulugʻ kunda baxt, osoyishtalik, uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qolamiz. Osmonimiz hamisha tinch va musaffo, mutsaqilligimiz esa abadiy boʻlsin! Barchani mustaqilligimizning 27 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasi rahbariyati


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!