Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini Fanlar akademiyasi tizimida taʼminlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Vazirlar Mahkamasi vakillari, FA vitse-prezidentlari, mintaqaviy boʻlimlar raislari, Boshqaruv apparati xodimlari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari hamda xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Prezident Murojaatnomasida ilmiy sohani rivojlantirish, innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ilm-fanni iqtisodiyot tarmoqlari bilan uzviy bogʻlashga qaratilgan vazifalar atroflicha muhokama qilindi.


Shuningdek, ilm-fan natijalarini tijoratlashtirish, yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda ilmiy tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yigʻilish yakunida Fanlar akademiyasi tizimida Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ushbu vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishi taʼkidlandi.