馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosi muhokamasi


Xorazm Ma始mun akademiyasida O始zR F袗 vitse-prezidenti S.Z.Mirzayev, F袗 Ilmiy kadrlar boshqarmasi boshlig始i 袗.Qayumov ishtirokida O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar muhokamasiga bag始ishlangan yig始ilish bo始lib o始tdi.

   

Yig始ilishda Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, xususan, 2019-yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da erishilgan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy natijalar, mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma始naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko始tarish maqsadida Davlatimiz rahbari tomonidan 2020-yil “Ilm, ma始rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlanishi bejiz emasligi alohida gapirib o始tildi. Shuningdek, Murojaatnoma mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi barcha yo始nalishlarni qamrab olgani ta始kidlandi.

Bundan tashqari, F袗 vitse-prezidenti S.Z.Mirzayev Xorazm Ma始mun akademiyasi yosh olimlari bilan ham uchrashdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!