Joriy yil 20-yanvar kuni O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida O始zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag始ishlangan targ始ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni F袗 bosh ilmiy kotibi G始ayrat Baxadirov olib bordi. G始.Baxadirov tadbirni ochib berar ekan, Murojaatnomada ko始tarilgan asosiy vazifalar, xususan, 2021-yilda fizika va chet tillarini o始rganish ustuvor yo始nalish etib belgilanganligi va buning o始ziga xos jihatlari haqida qisqacha to始xtalib o始tdi.

So始ngra Toshkent Moliya instituti Bank ishi kafedrasi mudiri, professor 袗krom Omonov “Murojaatnoma davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishdagi yangi vazifalar” mavzusida ma始ruza qildi. Tadbirda F袗 Boshqaruv apparati xodimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, Kasaba uyushmasi va Yosh olimlar kengashi raislari, yetakchi olimlar ishtirok etdi, shuningdek, F袗 tizimidagi boshqa tashkilotlar va hududiy bo始linmalar xodimlariga to始g始ridan-to始g始ri onlayn translyatsiya qilindi.

Tadbirda taqdim qilingan ma始ruzada Murojaatnomada ko始zda tutilgan davlat boshqaruvi idoralari faoliyatini tubdan takomillashtirish, boshqaruv idoralarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas始uliyat va javobgarligi kuchaytirish, mahalliy ijro va vakillik idoralari hamda mahallaning institutsional asoslarini yanada takomillashtirish, korrupsiya qarshi kurashish, jamiyatda ayollarning roli va o始rni, yoshlar masalalariga to始xtalib o始tildi.
Jumladan, professor 袗.Omonov Murojaatnomada keltirilgan “2021-yilda iqtisodiyotni kamida 5 foizga o始sishini, byudjet defitsiti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foizdan oshmasligini ta始minlash”ga to始xtalar ekan, tovar va moliya bozorlarida erkin va sog始lom raqobat muhitini shakllantirish, tadbirkorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, kambag始allikni qisqartirish bo始yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, qishloq xo始jaligi hosildorligi va samaradorligini oshirish bu boradagi asosiy vazifalarimizdan ekanligini ta始kidlab o始tdi. Ushbu vazifalarni bajarishda bank tizimida amalga oshiriladigan ustuvor yo始nalishlar haqida o始z fikr-muloahazalarini bildirdi.
Bundan tashqari, ijtimoiy sohani rivojlantirish, diniy bag始rikenglik va millatlararo totuvlik, xavfsizlik, yoshlarni qo始llab-quvvatlash masalalariga ham alohida to始xtaldi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.
