Tursunbay Rashidov 1934-yil 27-mayda Toshkent shahrida tug始ilgan. 1956-yili O始rta Osiyo davlat universitetini (hozirgi O始zbekiston Milliy universiteti) tugatib, ushbu universitet aspiranturasida tahsil olgan. 1964-yilda nomzodlik, 1972-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1984-yilda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a始zosi etib saylangan.

Iste始dodli olim o始zining qariyb 65 yillik ilmiy pedagogik va tashkilotchilik faoliyati davomida Fanlar akademiyasi M.T.O始rozboyev nomidagi Mexanika va inshooatlar seysmik mustahkaligi instituti laboratoriya mudiri, Institut direktor, Toshkent to始qimachilik va yengil sanoat instituti rektori, Fanlar akademiyasi Prezidumi a始zosi, bosh ilmiy kotibi, akademik-kotibi, vitse-prezidenti va umrining oxirigacha M.T.O始rozboyev nomidagi Mexanika va inshooatlar seysmik mustahkaligi instituti laboratoriya mudiri lavozimlarida samarali mehnat qilib kelayotgan edi.
T.Rashidov - murakkab tarmoqli yer osti inshootlari seysmodinamik nazariyasining asoschisi va muallifi, respublikada seysmik mustahkamlik ilmiy maktabining rahbari, mexanika sohasidagi har tomonlama ilmiy izlanishlarni va uning natijalarini xalq ho始jaligiga tadbiq qilishning tashkilotchisi, O始zbekistonda fan, texnika va oliy ta始limni rivojlantirishga salmoqli hissa qo始shgan jamoat arbobi sifatida tanilgan.
T.Rashidov qurilish mexanikasi, to始lqin va tebranishlar nazariyasi, deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, yer osti va yer usti inshootlarining seysmik mustahkamligi, asoslar va zaminlar dinamikasi sohalarida chuqur ustivor izlanishlarning bevosita muallifi sifatida obro始 qozongan.
Seysmodinamik nazariya va ilmiy ishlar asosida T.Rashidov rahbarligida jahon miqyosida birinchi marotaba seysmik hududlarda yer osti inshootlari uchun qurilish me始yorlari va qoidalari ishlab chiqildi va respublika miqyosida me始yoriy hujjat sifatida tasdiqlandi va Toshkent shahri metropolitenining yangi seysmik mustahkam konstruktsiyalarini yaratishga asos bo始ldi.
袗kademik T.Rashidovning mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag始ishlangan 18 monografiya, 500 dan ortiq ilmiy maqolalari, ko始plab ihtirolar uchun mualliflik guvohnomalari yurtimiz va xorij olimlariga yaxshi ma始lum.
Jonkuyar ustoz sifatida ko始plab yoshlarga ilm-fan sirlaridan saboq bergan zahmatkash olimning bevosita rahbarligida 10 ta fan doktori va 40 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlangan.
袗kademik T.Rashidovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari uchun davlatimiz tomonidan Beruniy nomidagi O始zbekiston Respublikasi davlat mukofoti, “O始zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni, “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan mukofotlangan.
袗kademik Tursunboy Rashidovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.