Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Muqaddasdir Vatan bayrogʻi”


  

Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” nomli madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

 

 

  Bayrogʻimiz oʻzida butun Oʻzbekiston xalqining asriy orzu – istaklari, gʻayrati va shijoati, xalqimizga hos mehmondoʻstlikni mujassam etgan. Bayrogʻimiz gʻurur va faxrimiz timsolidir.       Bayrogʻimizni tadbirlarda va xorijiy davlatlarda xilpirab turishi hammamizga iftixor baxsh etadi. Davlatimiz bayrogʻi qabul qilinganligiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan Shayhontoxur tumani Yoshlar ittifoqi sardorlar kengashining iqtidorli yoshlariga muzey boʻlimlarining mudirlari tomonidan davlatimiz bayrogʻi haqida maʼlumotlar keltirilib, oʻquvchi yoshlarning savollariga javob berildi. Shuningdek barcha tadbir qatnashchilari muzey rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar va muzey ekspozitsiyalari bilan tanishtirdilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!