2020-yil 1-aprel kuni kun.uz da “O始zbekistonda yaratilgan preparat koronavirusni to始xtatishi ehtimoli mavjud – Fanlar akademiyasi tadqiqotchisi” nomli maqola chop etildi.
Maqola muallifi Naima 袗liqulova hozirda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O始zbek tili, adabiyoti va folklori institutida mustaqil-izlanuvchi sifatida ro始yxatdan o始tgan, uning asosiy joyi Islom akademiyasi akademik litseyi hisoblanadi. Raxima Ochilova O始zR F袗 O始simlik moddalari kimyosi institutida 2004 – 2006-yillarda laborant bo始lib ishlagan.
O始zR F袗 O始simlik moddalari kimyosi instituti ma始lumotiga ko始ra, maqolada keltirilgan “Quvatin” va “Noglyukin” biofaol moddalarining ipak qurti pillasidan ajratib olish texnologiyasi Institut xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu biofaol qo始shimchalar sport tibbiyoti uchun mo始ljallangan va hech qachon virusga qarshi ta始siri tekshirilmagan.
Shuningdek, “Siritsin” preparati diabet kasalligi uchun biofaol qo始shimcha sifatida ishlatilgan.
Ma始lumot o始rnida aytib o始tish lozimki, har bir yaratilgan dori vositasi belgilangan reglamentlar asosida sinovdan o始tkaziladi va u bilan bog始liq jarayonlar “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to始g始risida”gi (2016-yil 4-yanvar, O始RQ-399-son) Qonunga (http://lex.uz/docs/2856464) muvofiq amalga oshiriladi.
O始zR F袗 袗xborot xizmati.