馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Muhim mavzu: bino va inshootlar seysmik mustahkamligi va uni ta始minlash masalalariga bag始ishlangan xalqaro konferensiya


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida bino va inshootlarning zilzilabardoshligi, global isish sharoitida infratuzilmalarning ishonchliligini oshirishning dolzarb muammolariga bag’ishlangan 2 kunlik xalqaro konferensiya o始tkazildi.

 Koferensiya 袗QShning O始zbekistondagi elchixonasi, Xalqaro ta始lim bo始yicha 袗merika Kengashi, Berkli shahridagi Kaliforniya universiteti hamkorlikda tashkil etildi.

Konferensiyada respublikamizdan, 袗QSh, Qirg始izistondan yetakchi ilmiy tekshirish institutilari va universitetlari vakillari oflayn va onlayn ishtirok etdi.

 

Konferensiya mavzusi bo始lgan bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va global isish sharoitida shaharlar va hududlar infratuzilmalarning ishonchliligini oshirishning dolzarb muammolari va ularning rivojlanishining zamonaviy bosqichlari masalasi, nafaqat O始zbekiston, balki, Markaziy Osiyo hududidagi barcha mamlakatlar uchun tegishlidir. Ushbu muammo oxirgi yillarda shaharlarning jadal rivojlanish jarayonida juda aktual masala hisoblanadi.

Mazkur konferensiyaning bosh maqsadi qurilish sohasida zilzilabardoshlikni ta’minlash bo’yicha tajribalar, bilim va erishilgan muvaffaqiyatlarni, global isish sharoitida vujudga keladigan masala va muammolarni aniqlash borasida o’zaro fikr almashishga imkon beradi.

Ilmiy aloqalarning mustahkamlanishi ilmiy tadqiqotlarni va dunyodagi yetakchi ilmiy markazlar imkoniyatlaridan foydalanib regional hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!