O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutiga Fransiya elchisining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha butun MDX davlatlari maslahatchisi Aleksandr Martinez tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Institut va Fransiya davlati olimlari o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari va ilmiy-tadqiqot rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, Institutda fransiyalik olimlar bilan birgalikda ochilishi rejalashtirilgan “GMO (Genetik modefikatsiyalangan organizmlar) tarkibli mahsulotlarni aniqlash” va “Turg‘un (zaharli) organik birikmalarni (TOB) aniqlash hamda ularni tadqiq qilish” bo‘yicha ikkita laboratoriyalarda amalga oshiriladigan ishlar haqida batafsil so‘z yuritilib, kelgusidagi istiqbolli rejalar belgilab olindi.