Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Moziyni jonlantirib...” Markaziy Osiyo muzeylari restavratorlari seminari xususida


Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida “Markaziy Osiyo muzeylari restavratorlari” mavzusida seminar-trening  oʻtkazildi. Mashgʻulotlar Chikago universitetining Sharq instituti olimlari Fabio Kolombo, Syuzanna Gensike, Alison Uaytlar tomonidan olib borildi.

 

Ushbu oʻquv mashgʻulotlarida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va  Oʻzbekiston muzeylarida faoliyat yurituvchi restavratorlar ishtirok etib, doʻstona hamkorlik muhitida shisha va sopol buyumlarini qayta tiklash borasida yangi bilimlarni oʻzlashtirdi. Yangi modullar asosida oʻtilgan darslarda soha mutaxassislari Oʻrta Osiyo davlatlari muzeylaridagi shisha va sopol buyumlarni dunyoning rivojlangan mamlakatlarining sohaga oid standartlari asosida restavratsiya va konservatsiya  qilish boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni olishdi.

O'n kun davomida qizgʻin bahslar bilan oʻtgan seminar-treninglar soʻnggida tinglovchilarga oʻquv dasturini yakunlagani toʻgʻrisida sertifikatlar topshirildi. 

  

Eng asosiysi, bu kabi oʻquv seminarlari tajriba almashish, yangilik olish va tarixni tiklash borasidagi harakatlarga asos boʻlib xizmat qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!