O始zbekiston Respublikasi F袗 袗rxeologik tadqiqotlar instituti va Xitoy Ijtimoiy F袗 袗rxeologiya instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan O始zbekiston-Xitoy qo始shma arxeologik ekspeditsiyasi Farg始ona vodiysida Mingtepa shaxar harobasida ilmiy tekshiruv ishlarini davom ettirmoqda. 袗sosiy maqsad vodiyda shaharsozlik madaniyatini paydo bo始lishi, rivojlanishi va tanazzulini arxeologik manbalar yordamida tahlil etishdan iborat. 袗rkda, ichki va tashqi shahar qismlarida boshlangan arxeologik qazishmalar yangi ma始lumotlarni bermoqda. Hususan shaharni tarkibiy tuzilishi, xunarmandchiligi, san始ati, urf odatlari to始g始risidagi ma始lumotlar muhimdir. 袗na shunday kashflardan biri shahardagi diniy inshoot bir qismini arkda topilishi bo始ldi. Bu inshoot arxeologlarga Yaqin Sharqdan ma始lum bo始lgan “zikkurat”ni eslatadi. Xozir mahobatli binoni yuqori qatlamlari ochildi, xolos. So始zsiz eramizni birinchi asrlariga taaluqli ushbu inshoot Farg始ona vodiysining antik davr urf odatlari to始g始risida yangi ma始lumotlar beradi