馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Mingtepada arxeologik tadqiqotlar davom etmoqda


O始zR F袗 Milliy arxeologiya markazi xodimlari Mingtepa arxeologik yodgorligida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Yodgorlik hozirgi Marhamat shahrining sharqiy chegarasiga tutashib ketgan. Mahalliy aholi tepaliklar ko始p bo始lgani uchun uni Mingtepa deb ataydi. Bu shahar xarobasi Farg始ona antik yodgorliklari ichida eng yirigidir. Shahar uch qismdan iborat: ark, ichki va tashqi shahar. Ichki shahar maydoni 41 gektar, yodgorlik tashqi shahar bilan qo始shib hisoblaganda 270 gektardan ortiq maydonni egallaydi.

Ma始lumki, Xitoy yilnomalari qadimgi Farg始ona podsholigi Davanda 70 dan ortiq katta va kichik shaharlar bo始lgan deb xabar beradilar. Manbalarda ulardan uchtasining nomlanishi aytib o始tiladi: Ershi, Yuchen va Guyshan. Mingtepa shahar xarobasini dastlab 袗.N. Bernshtam podsholik poytaxti Ershi bo始lishi kerak, deb fikr bildirgan. Xitoy manbasiga asosan, Ershi birinchidan, vodiy sharqiy tomonida joylashgan; ikkinchidan, Mingtepada xitoylar bostirib kirgan paytdagi (mil. avv. II asr) qalin madaniy qatlamlar va ular qamal qilgan devorga juda o始xshaydigan mudofaa inshootlari (ichki va tashqi devorlar) mavjud; uchinchidan, antik davrning Mingtepachalik ulug始vor va katta yodgorlik vodiyda hozircha topilgani yo始q.

Mingtepa bizning fikrimizcha “katta shahar” (Xitoychada “dao chen”) tipidagi shaharlar qatoriga kiradi. Xitoy manbalari xabaricha, Davanda ikki qator himoyalangan shaharlar bo始lgan. Hozirda olib borilgan arxeologik natijalar Mingtepani ana shunday shaharlar qatoriga kiritishga asos bo始ladi. Ta始kid joizki, birorta Xitoy manbasida boshqa birorta davlatni poytaxti degan termin uchramaydi. Xitoyliklar Ginshi termini bilan o始z davlatlari poytaxtlarinigina tushunganlar. Boshqa davlatlar poytaxtlarini du ya始ni rezidentsiya deb ataydilar.

Shahar rejasi samodan qaraganda parallelogramm ko始rinishga ega, kishini ikki qator mahobatli mudofaa inshootlari va ulardagi burjlar hayratga soladi. O始tgan asrning 50-yillarda olingan rejasida ark, ichki va tashqi shahar aniq ko始rinadi, keyinchalik ularning ko始plari buzib yuborilgan. Ichki shaharga kirish uch yoki to始rt tomondagi darvozalardan bo始lgan, asosiy darvoza esa g始arbiy mudofaa devorida o始rta qismida joylashgan.

2020-yilgi ilmiy qidiruv ishlari shimoli-g始arbiy bo始lakda, yodgorlik markazida alohida katta tepalikda, ya始ni, ark atrofida olib borilmoqda. Qazishmalar O始zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Markazlashgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiruvchi obyektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal va joriy ta始mirlash bo始yicha buyurtmachi xizmati” tomonidan moliyalashtirilgan. 袗sosiy maqsad ko始hna shaharning stratigrafiyasi, mudofaa tizimi, hunarmandchiligi, san始ati to始g始risida yangi ma始lumotlarni qo始lga kiritishdan iborat. Buning uchun Mingtepaning uchta nuqtasida 80 kv metr maydonda qazishmalar boshlandi va davom etmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!