馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Milliy arxeologiya markazi tomonidan olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarga bag鈥檌shlangan brifing o鈥檛kazildi


Bugun, 袗xborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida olib borilgan ilmiy izlanishlarga bag始ishlangan brifing o始tkazildi.

Markaz tomonidan jami 10 dan ortiq arxeologik obyektda izlanishlar olib borilib, qo始lga kiritilgan ma始lumotlar tariximizni yangi sahifalar bilan boyitdi.

Jumladan, Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani Xatak qishlog始i yaqinida olib borilgan izlanishlar natijasida qadimgi tosh davriga oid g始or-makon aniqlandi. G始or-makon 100-60 ming yil oldin, ya始ni, neandertal odami yashagan davrga tegishliligi aniqlandi. Topilmalar orasida tosh qurollar, yovvoyi hayvonlarning maydalangan suyaklari va o始choq qoldiqlari mavjud.

Shuningdek, G始oz qishlog始i atrofida Oqtosh tog始i hududida cho始kichlab ishlangan bir o始rkachli tuyaning qoyatosh tasviri, shu bilan birga bu hududdan mezolit davriga oid yodgorlik aniqlanib, ko始plab toshdan yasalgan buyumlar topildi.

O始zbekiston-袗QSh qo始shma ekspeditsiyasi tomonidan Buxoro Shahristonida olib borilgan qazishma ishlari natijasida ilk o始rta asrlarga oid yana bir shahar aniqlandi.

Mazkur ekspeditsiya tomonidan Jizzax viloyati Zomin tumani To始g始onbuloq yodgorligida ilk arxeologik tadqiqotlar olib borildi va Qoraxoniylar davriga oid ko始chmanchilar shaharchasi aniqlandi.

O始zbekiston-Fransiya qo始shma ekspeditsiyasi tomonidan Janubiy Nurota tog始 tizmasi G始o始bdintog始 va Qaroqchitog始 hududlarida yigirmadan ortiq arxeologik topilma joylar tizimli ravishda o始rganildi, ular orasida bronza davridan o始rta asrlar davriga doir 145 dan ziyod noyob qoyatosh rasmlari namunalari topildi.

袗xsikent arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 袗xsikentdagi qazuv ishlari davomida Qoraxoniylar davriga oid turar joy qoldiqlari va ko始plab sopol buyumlar, tangalar va temir buyumlari aniqlandi.

袗ndijon viloyati Qo始rg始ontepa tumani Xonabod shahri tog始 yon bag始rilaridagi Xonabod 1-2 yodgorliklaridagi qabr qo始rg始onlarida qazuv ishlari olib borilib, miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid moddiy madaniyat buyumlari, jumladan, qabr-qo始rg始onlar, taqinchoqlar, sopol buyumlar, temir buyumlar aniqlandi.

Farg始ona viloyati Qo始qon shahri markazidagi Tepaqo始rg始on arxeologik yodgorligida tadqiqotlar olib borilib, qadimiy shaharning janubi-sharqiy qismida yarim aylana ko始rinishidagi burj va 2 qatorli mudofaa devori mavjudligi, shuningdek, shimoliy tomonda 7 metr balandlikda saqlangan mudofaa devori aniqlandi.

Qoraqalpog始iston Respublikasi Beruniy tumanidagi Oqshaxon-qal始a yodgorligida qazuv ishlari olib borilib, qal始aga kirish darvoza oldi labirint qismi o始rganilmoqda.

Toshkent viloyati Ohangaron tumani Suyurlitepa yodgorligi va uning atrof hududlarida statsionar qazishma ishlari olib borilib, mudofaa inshooti aniqlandi. Shuningdek, Suyurlitepa shahar qismidagi ichki yo始llar tizimi, shaharning rabod qismida Qovunchi II madaniyatiga oid 3 ta mozor-qo始rg始on aniqlandi. Suyurlitepaning janubiy qismida ilk o始rta asrlarga oid qishloq jamoasi manzilgohi ochib o始rganildi.

O始zbek-Rossiya qo始shma ekspeditsiyasi tomonidan Farg始ona, Namangan va 袗ndijon viloyatlari hududida, Markaziy Farg始ona cho始llarida qadimgi tosh davri – neolit jamoalari tomonidan qoldirilgan topilma joylar o始rganilib, Ulug始nor, Sho始rko始l kabi qadimgi ko始llar hududida neolit davri qurollari aniqlandi.

Hozirda mutaxassislar tomonidan arxeologik tadqiqotlar davom ettirilmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!