Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Mikroorgаnizmlаr biologiyasi vа biotexnologiyasi” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya o'tkazildi


2021-yil 16-17 sentyabrda Toshkentda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutining 55 yilligi munosabati bilan “Mikroorgаnizmlаr biologiyasi vа biotexnologiyasi” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya o'tkazildi, unda O'zbekiston, AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Germaniya, Finlyandiya, Ukraina, Qozog'iston, Armaniston, Avstriya, Norvegiya, Belarusiya, Gruziya, Tojikiston, Qirg'iziston respublikalaridan 300 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o'quv yurtlaridan yetakchi olim va mutaxassislar, professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

 

 

Anjuman davomida zamonaviy mikrobiologiyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi: o'simliklar, tuproq va odamlarning mikrobiomi, sanoat, tibbiyot, farmatsevtika mikrobiologiyasi va atrof -muhit mikrobiologiyasi aspektlari ko'rib chiqildi. Yetakchi olimlar, yosh mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan ma'ruzalar ham mikrobiologiyani rivojlantirish va tajriba almashish borasidagi sa'y-harakatlarni birlashtirish bo'yicha hamkorlik istiqbollarini belgilashga imkon berdi. Ma'ruzalar muhokamasi chog'ida ikki yoki undan ortiq olimlar guruhining birgalikdagi ishi bo'yicha takliflar bildirildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!