Samarqand shahrida nufuzli “MICROPLASTICS IN POLYMER SCIENCE — III” xalqaro anjumani o‘tkazildi. 4 kun davom etgan anjuman mikroplastik va polimer fanining dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlandi.
Anjuman ishisda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan kelgan olimlar ekologik muammolar, mikroplastiklarning atrof-muhit va inson salomatligiga taʼsiri, shuningdek, yangi avlod polimer materiallarini yaratish bo‘yicha ilmiy natijalar bilan o‘rtoqlashdilar.
Аnjuman doirasida xalqaro ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
 .jpg)
“MICROPLASTICS IN POLYMER SCIENCE — III” xalqaro anjumani ekologiya va polimer fanining kesishgan nuqtasida dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi. Tadbir:
 Mikroplastiklarning atrof-muhit va inson salomatligiga ta’sirini chuqur o‘rganish imkonini berdi;
 Ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma tadqiqot va innovatsion loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun yangi istiqbollar ochdi;
 Polimer materiallar sohasida ekologik toza va barqaror texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish imkonini yaratdi;
 O‘zbekistonning xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qildi.
Umuman olganda, anjuman global ekologik muammolarga yechim izlash va barqaror rivojlanish maqsadlariga hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etdi.