Mexanika-moddiy jismlarning harakatini va ular orasidagi o始zaro ta始sirni o始rganadigan fandir. Ushbu fan sohasi qadim zamonlardan beri xalq farovonligini oshirishga xizmat qilgan, shu jumladan, M.T.O始rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti ham o始zining 80 yillik faoliyati davomida mexanikaning elastiklik va plastiklik nazariyasi, nazariy va amaliy mexanika, qurilish mexanikasi,konstruktsiyalar mustahkamligi va zilzila bardoshligi, melioratsiya aerogidrodinamika va ko始p fazali muhitlar mexanikasi, tenglamalarini integrallash usullari va boshka sohalarida mexanikaning fundamental asoslarini rivojlantirishga munosib hissa qo始shib kelmoqda.

Mazkur kitobda institutning tashkil topishi va 80 yillik faoliyati davrida zamonaviy mexanika fanini shakllanishi hamda respublikamiz iktisodiyot tarmoqlarini,texnika va texnologiyasini,sanoatini yanada rivojlanishiga o始zlarining noyob kashfiyotlari bilan ulkan hissa qo始shgan mashhur olimlarimiz faoliyati,institut tarkibidagi ilmiy laboratoriyalarning tashkil topish tarixi, ularda ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar hamda erishilgan ilmiy natijalari keltirilgan.