Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Mevali daraxtlarning bakterial kuyish kasalligiga qarshi to‘plam yaratildi


Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi va turli xil qishloq xo‘jalik ekinlarining paydo bo‘lishi, urug‘lar va o‘simlik mahsulotlarining faol almashinuvi bilan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori ham rivojlanib bormoqda. Biroq o‘simlik mahsulotlari importi va eksporti jarayonida fitopatogenlar migratsiyasi mamlakat uchun katta xavf tug‘diradi.

Ayniqsa, intensiv bog‘dorchilikning rivojlanishi natijasida ko‘chat materiallari bilan faol almashinish jarayoni ham jadal ketmoqda. Shu bilan birga, mevali daraxtlarning bakterial kuyish kasalligini keltirib chiqaruvchi, xavfli infektsion kasallik qo‘zg‘atuvchisi Erwinia amylovora turiga mansub bakteriya katta xavf tug‘diradi. Patogen tomonidan zararlangan o‘simliklar nobud bo‘ladi. Ushbu patogen 160 dan ortiq meva va buta o‘simlik turlarini zararlaydi. Iqtisodiy jihatdan katta ahamiyat kasb etuvchi o‘simliklar olma, nok, behi, olcha, gilos, shaftoli va o‘rik hisoblanadi.

Shu sababli karantin fitopatogenlarini O‘zbekiston hududiga kirib kelishining oldini olish va mamlakat ichida tarqalishining cheklash maqsadida o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va aniqlash davlat ahamiyatiga molik masala hisoblanadi.

Mazkur muammolardan kelib chiqqan holda, Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi ilmiy xodimi Farhod Rajabov tomonidan bakterial kuyish kasalligiga qarshi to‘plam ishlab chiqildi.

Keng tarqalgan va o‘ta xavfli fitopatogenlarni aniqlash uchun PZR usuli asosida mahalliy diagnostik test tizimlarimizni ishlab chiqish mamlakatda bioxavfsizlikni taʼminlash uchun o‘ta zarurdir. Bunday test tizimlarini ishlab chiqish iqtisodiy tomondan ham foydali bo‘lib, aynan shunday yoki o‘xshash test to‘plamlarini import o‘rnini bosish yoki kamaytirishgaga qaratilgandir. Shu bilan birga, ushbu to‘plam karantin va o‘ta xavfli fitopatogenlarni nazorat qilish uchun qo‘shimcha mustaqil vosita sifatida keng qo‘llanilishi mumkin.

Hozirgi kunga qadar respublikada mevali daraxtlarining bakterial kuyish kasalligi qo‘zg‘atuvchilarini to‘liq genetik baholash amalga oshirilmagan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!