Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Metallurgiya sohasida yangi foydali model


     Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining Metallurgik jarayonlar va texnogen xom ashyo laboratoriyasi tomonidan yaratilgan “Ishlatilgan kadmiy-kalsiy-fosfat katalizatoridan kadmiyni ajratib olish usuli”ga foydali modeliga  patent berildi.

Ushbu foydali model metallurgiya sohasiga oid boʻlib, asosan ikkilamchi xom ashyodan kadmiyni ajratib olish usullariga tegishli va tarkibida kadmiy, kalsiy, fosfor va uglerod boʻlgan chiqindilardan toza kadmiyni arzon va oson topiladigan nitrat kislotasidan foydalangan holda samarali ajratib olish - texnik vazifa yechimini taklif etadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!