O’zR FA O’zbekiston tarixi davlat muzeyida “Muzeylar faoliyatida reklama siyosati” mavzusida seminar o’tkazildi. Ushbu seminarda K.Behzod nomidagi Rassomchilik va dizayn instituti Muzeyshunoslik yo’nalishi o’qituvchilari va talabalari, shuningdek, Мuzey хodimlari ishtirok etishdi. Seminar Мuzey faoliyatini rivojlantirish maqsadida o’tkazildi. Seminar yakunida Facebook ijtimoiy tarmog’ida o’ziga xos #muzey_chellenge musobaqa-chellenji o’tkazishga qaror qilindi. Yuqoridagi heshteg orqali barcha o’zi tayyorlagan videoroligi bilan ishtirok etishi mumkin.
Chellenj shartlari: videorolik hajmi 1 daqiqa, unda ishtirokchi muzeylardagi o’zining sevimli eksponatiga 1 daqiqa ichida original ta’rif berishi kerak. So’ng, ijtimoiy tarmoqqa joylashdan avval #muzey_chellenge heshtegini yozib, Yulduz Narziyeva (https://www.facebook.com/yulduz.narzieva)ni belgilashi shart. G’olib ishtirokchi aniqlangach, ularga qimmatbaho sovg’alar topshiriladi.