Mehnat iqtisodiyoti va mehnat resurslaridan foydalanish muammolari sohasida yetakchi olima, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ubaydullayeva Ra始no 袗xatovna 84 yoshida vafot etdi.

R.Ubaydullayeva 1936-yilning 4-noyabrida Toshkent shahrida tug始ildi. 1958-yilda Toshkent moliya-iqtisod institutini tamomladi.
Bo始lg始usi olima o始z mehnat faoliyatini Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot institutida laborant sifatida boshladi. 1964-yilda nomzodlik, 1974-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2000-yilda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a始zosi etib saylandi.
Iste始dodli olima o始zining qariyb 60 yillik ilmiy va tashkilotchilik faoliyati davomida Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti laboranti, kichik, katta ilmiy xodimi, sektor mudiri, ilmiy ishlar bo始yicha direktor o始rinbosari, O始zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri o始rinbosari va respublika “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o始rganish markazi direktori kabi mas始uliyatli lavozimlarda samarali mehnat qildi va yurtimizda mehnat iqtisodiyoti sohasidagi dolzarb masalalarni tadqiq etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo始shdi.
袗kademik R. Ubaydullayeva respublika mehnat resurslaridan to始g始ri foydalanishning mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini amalga oshirishda rahbarlik qilib, ish bilan band bo始lmagan aholi real rezervlari va mehnat bozorini baholashni amalga oshirdi, mehnat resurslarini rejalashtirish va boshqarishning balans metodini takomillashtirish bo始yicha xulosa va tavsiyanomalarni amalga oshirdi.
Uning ilmiy dasturlari va tadqiqotlari respublikamizda mehnat resurslaridan to始g始ri foydalanish, mehnatning kasanachilik turini tashkil etish, ayollar mehnatidan foydalanishning ijtimoiy muammolarini yechishda keng qo始llanib kelinmoqda. Uning mazkur sohadagi ilmiy ishlanmalari iqtisodiyotimiz tarmoqlari rivojida muhim ahamiyatga ega.
Talabchan va jonkuyar ustoz sifatida ko始plab yoshlarga ilm-fan sirlaridan saboq bergan olimaning bevosita rahbarligida 50 dan ortiq fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.
Olimaning mehnat iqtisodiyoti yo始nalishiga bag始ishlangan 300 dan ziyod ilmiy maqolalari, kitob va monografiyalari yurtimiz va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislariga yaxshi ma始lum.
袗kademik R.袗.Ubaydullayevaning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.
Yirik olima, mehribon ustoz, kamtarin inson Ra始no Ubaydullayevaning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.