馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Matematiklardan master-klass mushg始ulotlari


2021-yil 13-aprel kuni O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti Buxoro hududiy bo始linmasi hamda Buxoro davlat universiteti “Matematik analiz” va “Differentsial tenglamalar” kafedralari professor-o始qituvchilari Qorako始l tumanidagi Xalqaro matematika maktabida master-klass mashg始ulotlarini o始tkazishdi.

Matematika instituti Buxoro bo始linmasi mudiri f.-m.f.d., professor D.Durdiyev o始quvchilar bilan suhbat davomida ularning o始qishlari, kelajakdagi rejalari, o始quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berib, tegishli maslahatlar berdi. Shuningdek, Xalqaro matematika maktabi o始qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun kerakli tavsiyalar berildi.

Professor-o始qituvchilar Z.Bozorov “Kirish imtihonlarida abiturientlar yo始l qo始yadigan tipik xatoliklar”, E.Dilmurodov “Hosila va uning tatbiqlari” mavzusida mahorat darslari o始tishdi.

Professor-o始qituvchilar S.Boboyev va I.Shodmonovlar matematika darslarini tahlil qilishdi.

Uchrashuv so始nggida aloqalarni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!