O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta始lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PQ-4708-sonli Qarori ijrosi yuzasidan O’zR FA Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va ta始limini rivojlantirishni qo始llab-quvvatlash Jamg始armasi tomonidan matematika yo始nalishida ta始lim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun akademik Toshmuhammad 袗liyevich Sarimsoqov nomidagi stipendiya joriy etilganligini ma始lum qilamiz. 袗kademik T.袗.Sarimsoqov nomidagi stipendiya kvotasi (stipendiya miqdori) 2020-2021-o始quv yili uchun 5 nafar bakalavriat (10 oy muddatga har oyda 750 ming so始mdan), 5 nafar magistrant (10 oy muddatga har oyda 1 mln. so始mdan) va 2021-yil uchun 5 nafar tayanch doktorant (10 oy muddatga har oyda 1,5 mln. so始mdan) uchun belgilandi.
Stipendiya shartlari bilan quyidagi Nizom orqali tanishish mumkin: Yuklab olish(.pdf, 223 kb)