O始zR F袗 Matematika institutida Institut yetakchi olimlari, akademiklar, Fan olimpiadalari bo始yicha iqtidorli o始quvchilar bilan ishlash departamenti, Xalq ta始limi vazirligi vakillari, oliy ta始lim muassasalari o始qituvchi-professorlari, matematika fani darsliklari mualliflari ishtirokida matematika fanining Milliy dasturi loyihasi muhokama qilinmoqda.
Maktab o始quvchilari orasidan Matematika faniga iqtidorlilarini saralab olish bo始yicha Prezidentimizning 2020 yil 7 maydagi PQ-4708 qaroriga muvofiq har bir tumanda Matematika faniga ixtisoslashgan maktablar tashkil etilmoqda. Endi asosiy maqsad ularni Davlatimiz Rahbari ta始kidlaganlaridek, faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika asosida o始qitishni tashkil etish kerak. Shu kunlarda, F袗 Matematika insituti va Xalq ta始limi vazirligi hamkorlikda “Matematika fanidan milliy dasturi”ni ishlab chiqmoqda. Bunda mavzularni spiralsimon ravishda sinflarga ajratgan holda shakllantirilmoqda, bu esa o始quvchilarni kreativ fikrlashini shakllantirishga hamda ularni kasbga qiziqishlarini aniqlash va bosqichma-bosqich kasbga yo始naltirishga xizmat qiladi.