馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Matematika fanini rivojlantirish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar


Joriy yil 8-iyul kuni O始zbekiston Respublikasi Prezidenti 袗dministratsiyasi huzuridagi 袗xborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta始lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PQ-4709-sonli qaroriga bag始ishlangan brifing o始tkazildi.

Brifingda qarorda belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida qisqacha ma始lumot berib o始tildi. Jumladan, Respublikamizning har bir tumanida matematika fanini chuqurlashtirib o始qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish bo始yicha manzilli dastur ishlab chiqilayotganligi, Matematika instituti tarkibida 5 ta shtat birligidan iborat Matematika ta始limi bo始yicha o始quv-uslubiy materiallarni muvofiqlashtirish laboratoriyasi hamda Yosh matematik va yosh olimlar masalalari bo始yicha direktor o始rinbosari lavozimi tashkil etilganligi, shuningdek, Matematika institut huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo始lmagan Matematika fani va ta始limini rivojlantirishni qo始llab-quvvatlash jamg始armasi faoliyati yo始lga qo始yilganligi, Qoraqalpog始iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Samarqand va Namangan viloyatlarida O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining hududiy bo始linmalari tashkil etilganligi haqida gapirib o始tildi.

Bundan tashqari, yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ham ma始lumot berildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!