馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

M邪tem邪tik邪 f邪nidan fakultativ dars mashg始ulotlari olib borilmoqda


Ma始lumki, yurtimizda 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo始nalishlaridan biri sifatida matematika sohasi belgilangan edi. O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta始lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi qarori bu boradagi sezilarli qadam bo始ldi. Sababi ushbu qaror bilan mamlakatimizda ta始limning barcha sohalarida matematika fani darslari va matematika faniga oid o始quv adabiyotlar sifatining oshishi, matematika faniga qiziquvchi yoshlarning tobora ko始payishi, iqtidorli yoshlarni saralab olish mexanizmini tashkil etib, ularni ixtisoslashtirilgan maktablarga, keyinchalik oliy ta始lim muassasalariga va ilmiy maktablarga qamrab olish masalalarini samarali yechishga imkoniyat beradi. Shu bilan birga, maktabgacha, umumiy o始rta, o始rta maxsus, professional, oliy ta始lim tashkilotlari va ilmiy muassasalar o始rtasidagi yaqin hamkorlikni ta始minlovchi yaxlit tizimni shakllantirishga, umumiy o始rta va o始rta maxsus ta始lim muassasalarida matematika fanlarini o始qitish sifatini oshirishga, hududlarda matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirishga, ta始lim berishning onlayn platformasini yaratish va amaliyotga tatbiq etishga, masofadan o始qitish tizimi samaradorligini oshirishga katta e始tibor qaratilgan.

Ushbu qaror ijrosini ta始minlash maqsadida O始zR F袗 V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Qoraqalpog始iston bo始linmasi tomonidan Qoraqalpog始iston Respublikasining Qo始ng始irot tumanidagi matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktab bilan yaqin hamkorlik o始rnatildi. Bu hamkorlikning asosiy maqsadlari sifatida mazkur ta始lim muassasasida matematik ta始limni takomillashtirish, matematika faniga qiziquvchi, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qo始llab-quvvatlashni ko始rsatish mumkin.

Bo始linmaning Qoraqalpog始iston Respublikasi matematika ta始limini rivojlantirishga yo始naltirilgan istiqbolli rejasi va hamkorlikda tuzilgan dars rejasiga muvofiq, Matematika instituti Qoraqalpog始iston bo始linmasi ilmiy xodimlari Qo始ng始irot tumanidagi 34-sonli matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktabda onlayn fakultativ dars mashg始ulotlarini Zoom platformasi yordamida olib borish yo始lga qo始yildi. Mazkur onlayn fakultativ mashg始ulotlarda maktab o始quv rejasidan tashqari mavzularda ma始lumotlar keng yoritilib, nostandart masalalarni yechishga yo始naltirilmoqda. Bunday yondashuv o始z navbatida maktab o始quvchilarida fanga bo始lgan qiziqishning ortishiga, ularning qobiliyati va iqtidorini rivojlantirishga sabab bo始ladi deb umid bildiramiz.

 

Nurjanov B. O.

Matematika instituti Qoraqalpog始iston bo始linmasi

katta ilmiy xodimi


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!