So始nggi yillarni Davlatimiz rahbari tomonidan matematika fanini rivojlantirishga alohida e始tibor qaratilib, “Matematika sohasidagi ta始lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta始minlash maqsadida O始zR F袗 Matematika instituti hamda 袗.袗vloniy nomidagi malaka oshirish instituti o始rtasida o始zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unga ko始ra, tomonlar o始quv dasturlari, o始quv qo始llanmalari va boshqa ta始limga oid materiallarni ishlab chiqish, ta始lim jarayoniga o始qitishning zamonaviy innovatsion shakl va usullarini tatbiq etishda, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilishi belgilangan.