Bugun, 30-oktyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O'zR FA Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Favqulotda vaziyatlar vazirligi vakillari ishtirokida “O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4794-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.
Matbuot anjumanida seysmik xavfni turli miqyosda baholash, hududlarni seysmik rayonlashtirish, zilzilalarni muddatlar kesimida prognoz qilish metodologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish, turli seysmik xavfning injener-geologik asoslarini va baholash texnologiyalarini yaratish hamda ushbu qaror doirasida mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumot berildi.