O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-sonli qarori asosida Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutiga Buyuk Britaniyadan 435 000 USD qiymatga ega Mass-spektrometr uskunasi xarid qilindi. Hozirda Gidrogeoseysmologiya laboratoriyasida uskunaning montaj-sozlash ishlari olib borilmoqda.
Kelishuvga ko始ra, Rossiya Federatsiyasi poytaxtidan OOO “MIT” korxonasi shu uskuna muhandis sozlovchilari (servis-muhandislar - S.V.Ovchinnikov va D.袗.Grishin) institutga tashrif buyurishib, Mass-spektrometr uskunasini montaj va sozlash ishlarini boshlab yuborishdi.


Mazkur uskuna o始ta murakkab qismlardan iborat bo始lib, uni montaj va sozlash ishlari katta mahorat va malaka talab etishi ayon bo始lmoqda. Ushbu uskuna ishga tushirilganidan so始ng, respublikamizdagi mavjud quduqlarning yerosti suvlaridan olingan namunalar asosida zilzila darakchilarini izlash imkonini beradi, ya始ni, yerosti suvlaridagi uglerod, kislorod, vodorod, oltingururt, azot izotoplari nisbatlarini o始lchash imkoniyatiga ega bo始lib, elementlarning genetik bog始lanishlari haqida axborot olish hamda izchil tahlillar asosida zilzila sodir bo始lishi anomaliyalarining mexanizmini tadqiq qilish imkoniga erishiladi.