2019-yil 20-21-noyabr kunlari O‘zR FA M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Toshent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti hamkorligida akademik X.X.Usmonxo‘jayev tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Mashinashunoslikning dolzarb muammolari va ularning yechimi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
1984-yildan O‘zR FA akademigi, mexanika sohasida taniqli olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekistonda mashina va mexanizmlar nazariyasi bo‘yicha ilmiy maktab tashkilotchisi. X.X.Usmonxo‘jaevning asosiy tadqiqotlari mexanizmlar, mashinalar va avtomatik liniyalar nazariyasi, richagli va epitsiklik mexanizmlar nazariyasi paxta terish mashinalari nazariyasi, mashina agregatlari dinamikasi bilan bog‘liq. Namlikni, temperaturani va strukturasini hisobga olib, turli kinematik juftlar orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini aniqlovchi uskunani yaratgan. Paxtani terim to‘lalagi bir xillik nazariyasini va paxta terish mashinalarini unumdorligi bo‘yicha baholash metodikasini, pnevmatik va mexanik saralovchi va yangi to’g‘ri tartibli paxta teruvchi apparat, ko‘p urunma planetar mexanizmli paxmoqlaydigan mashinalar nazariyasi ishlab chiqqan. Dinamik konstruktsiyalarni kinematik juftlarini nazariyasini ishlab chiqqan va paxta terish apparati tashkil qiladigan shpindellari oilasini yaratuvchilaridan biridir. Tadqiqot natijalari asosida paxta terish jarayonlari nazariyasi bo‘yicha “EPI-tsipotsiklograf universal uskunasini” yaratgan.